"O'zkimyosanoat" AJ

Bir Vatan, bir el, bir bayroq

// 18 November 2025 yil
https://pda.uzkimyosanoat.uz/oz/press/news/bir-vatan-bir-el-bir-bayroq

Bayrog‘imiz — bu mustaqil davlatimizning yorqin ramzi, xalqimizning orzu-umidlari hamda g‘urur manbai. U har bir yurtdoshimizda faxr va iftixor tuyg‘ularini uyg‘otadi.

Bayrog‘imizda milliy-tarixiy an’analarimiz, boy madaniyatimiz, shuningdek, poklik, donishmandlik, mardlik, shon-sharaf va sadoqat kabi xalqimizga xos ulug‘ fazilatlar o‘z ifodasini topgan.

“Oʻzkimyosanoat” AJ xodimlari Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bayrogʻi qabul qilinganligining 34 yilligi munosabati bilan oʻtkazilayotgan #Bir_vatan_bir_el_bir_bayroq chorlov tadbirlarida faol ishtirok etishdi. 

“Oʻzkimyosanoat” AJ Matbuot xizmati