"O'zkimyosanoat" AJ

Antimikrob plastiklar bozori 2035-yilga kelib ikki baravar oʻsishi mumkin

// 18 April 2025 yil
https://pda.uzkimyosanoat.uz/oz/press/news/antimikrob-plastiklar-bozori-2035-yilga-kelib-ikki-baravar-o

2024-yil natijalariga koʻra, mikroblarga qarshi xususiyatlarga ega plastiklar bozori 42,2 milliard dollarga baholandi. 2035-yilga kelib uning hajmi ikki baravardan oshib, 90,6 milliard dollarga yetishi mumkin. 

Bu haqda Global Banking & Finance Review portali xabar berdi.

Basf (Germaniya), Avient Corporation (AQSH), Clariant (Shveysariya), Exel Composites (Finlyandiya) va boshqa shu kabi ishlab chiqaruvchilar bozor oʻsishining drayverlari sifatida maydonga chiqmoqda. 

Amerikaning Microban International kompaniyasi PVX, PU va EVA ga zamburugʻlarga qarshi xususiyatlarni qoʻshdi. Texnologiya zamburugʻlarning tarqalishini oldini olish orqali mahsulotlarning ishlash muddatini uzaytiradi.

Bunday materiallarga sogʻliqni saqlash, qadoqlash, isteʼmol tovarlari va sanoat ishlab chiqarishida talab mavjud. 

Sohadagi bu kabi ishlanmalar plastiklarning ekspluatatsiya xususiyatlarini saqlab qolgan holda himoya xususiyatlarini yaxshilashga qaratilgan.

“Oʻzkimyosanoat” AJ Matbuot xizmati