// 04 July 2020 yil
https://pda.uzkimyosanoat.uz/oz/press/news/ammofos-board
“Ammofos-Maksam” aksiyadorlik jamiyati Kuzatuv Kengashi yig'ilishida “Ammofos-Maksam” AJ Boshqaruvi a'zolarining vakolat muddatlarini quyidagi tarkibda bir yilga uzaytirish to'g'risida qaror qabul qilindi:
- Tursunov Akobir Toshpo'latovich – Boshqaruv raisi;
- Sadikov Baxodir Bagirovich – ishlab chiqarish bo'yicha direktor;
- Ibragimov Kozimjon G'ulomovich – Boshqaruv raisining ijtimoiy masalalar bo'yicha o'rinbosari;
- Turgunboev Zafar Turgunboevich – Boshqaruv raisining transport bo'yicha o'rinbosari.
Shuningdek, “Ammofos-Maksam” AJ Boshqaruvining quyidagi a'zolarini bir yillik muddatga tayinlash to'g'risidagi qaror qabul qilindi:
- Shakirov Farrux Zakirovich – Bosh direktor;
- Zaripov Jahangir Kamalovich – moliya ishlari direktori;
- Atnagulova Lyubov – tijorat ishlari direktori;
- Kim Viktor – texnik va texnologik rivojlanish bo'yicha direktor.
“O'zkimyosanoat” AJ Matbuot xizmati