
Ishlab chiqarishning to‘liq nomi - birlamchi quvvatda modernizatsiya qilingan katta tonnali AS-72M agregatida donalashtirilgan ammiakli selitra ishlab chiqarishi. 1987-yildan boshlab ishlab chiqarish quvvati – yiliga 450 ming tonna ammiakli selitra (yiliga 155,7 ming tonna ozuqlantiruvchi moddalar) ishlab chiqaradi. Moskva shahrining azot sanoatining davlat instituti ASDI (GIAP) ushbu ishlab chiqarishning bosh loyihalashtiruvchisi hisoblanadi.
-1.jpg)
-2006-yili azot- fosforli o‘g‘itini olish aralashtirish uskunasi ishga tushirilgan.
-2007-yili ammiakli selitra va karbamid suvli eritmalari aralashmasida suyuq azotli o‘g‘itni olish uskunasi ishga tushirilgan.
-2008-yili O‘zbekistonda birinchi bo‘lib tayyor mahsulotni katta 500 kg va 1000 kg «BIG-BEG»ga qoplarsh uskunasi ishga tushirildi.
-2011-yilda Markaziy Osiyoda birinchi bo‘lib past zichlikdagi ammoniy nitrat ishlab chiqarish bo‘linmasi ishga tushirilgan. Past zichlikdagi ammoniy nitrat (g‘ovakli selitra) ishlab chiqariladigan mahsulotning 90% ekspotrtga va 10% davlatimizning ichki bozoriga muljallangan. Ishlab chiqarish quvvati – yiliga 60 ming tonna.
-2013-yili universal ozuqa eritmalarini tayyorlash uskunasi ishga tushirilgan.
-2014-yili donador azot-oltingugurtli o‘g‘itini olish uskunasi ishga tushirilgan.
-2021-yili ammiakli selitra donalarini yopishishga qarshi vositasi bilan qoplash uchun yopishishga qarshi vositani tayyorlash uskunasi ishga tushirilgan.
-1.jpg)
-1.jpg)
"Maxam-Chirchiq" AJ Matbuot xizmati