"O'zkimyosanoat" AJ

2034-yilga kelib polimer emulsiyalari jahon bozori 60 milliard dollarga yetishi mumkin

// 10 October 2025 yil
https://pda.uzkimyosanoat.uz/oz/press/news/2034-yilga-kelib-polimer-emulsiyalari-jahon-bozori-60-millia

2024-yilda polimer emulsiyalari jahon bozorining hajmi 31 milliard dollarni tashkil etdi. 2034-yilga kelib u 60 milliard dollardan oshib ketishi kutilmoqda. 2025-yildan 2034-yilgacha boʻlgan davrda bozor har yili oʻrtacha 6,73% oʻsishi mumkin. Bu haqda PR agentligi oʻzining soʻnggi hisobotida maʼlum qildi.

2024-yilda Osiyo-Tinch okeani mintaqasi global bozorda 35% ulush bilan  yetakchi pozitsiyalarni egalladi.  Bu miqdor pul ifodasida 10,8 milliard dollarni tashkil etib, 2034-yilga kelib 21 milliard dollarga yetishi mumkin. Bunda davrda mintaqaning oʻrtacha yillik oʻsish surʼati 6,88% ni tashkil etadi.

Prognoz davri mobaynida eng tez oʻsadigan bozor — Shimoliy Amerika boʻlishi kutilmoqda. Oʻtgan yili mazkur mintaqaning bozordagi ulushi 31% ni tashkil qilgan. Yevropa 26%, Lotin Amerikasi 5%, Yaqin Sharq va Afrika mamlakatlari esa 3% ulushga ega boʻlgan.

Avvalroq 2034-yilga kelib jahon pigment dispersiyalari bozori 41,28 milliard dollargacha oʻsishi mumkinligi xabar qilingan edi.

 

"Oʻzkimyosanoat" AJ Matbuot xizmati