"O'zkimyosanoat" AJ

2034-yilga borib kapronning jahon bozori hajmi 28,5 milliard dollarga yetishi mumkin

// 02 October 2025 yil
https://pda.uzkimyosanoat.uz/oz/press/news/2034-yilga-borib-kapronning-jahon-bozori-hajmi-28-5-milliard


Yarimkristal poliamid polimeri — kapron (neylon 6)ning jahon bozori 2024-yilda 16,6 milliard dollarni tashkil etdi va taxminlarga koʻra, 2025-yilda 17,5 milliard dollarga, 2034-yilga kelib esa 28,5 milliard dollargacha oʻsishi mumkin. Bu davr mobaynida oʻrtacha yillik oʻsish surʼati 5,57% ni tashkil etadi. Bu haqda Precedence Research agentligi oʻz tadqiqotida maʼlum qilgan.

Urbanizatsiya va industrializatsiya kabi makroiqtisodiy omillar bozorning kengayishida muhim rol oʻynamoqda, ayniqsa soʻnggi yillarda yetakchi boʻlib kelayotgan Osiyo-Tinch okeani mintaqasida. 2025–2034-yillar oraligʻida esa bozorning eng tez oʻsishi Shimoliy Amerikada kuzatilishi kutilmoqda.

Tadqiqot maʼlumotlariga koʻra, mahsulotning ishlab chiqarilish shakli boʻyicha 2024-yilda eng katta ulush tolalar segmentiga toʻgʻri kelgan. Qoʻllanilish sohasi boʻyicha esa tekstil va kiyim-kechak segmentlari yetakchi oʻrinni egallagan. Neylon 6 bozoridagi daromad oʻsishi, asosan, uning avtomobilsozlik va tekstil sanoatida qoʻllanilishining ortishi, shuningdek, barqaror ishlab chiqarish texnologiyalaridagi ilgʻor yutuqlar bilan bogʻliq.

“Oʻzkimyosanoat” AJ Matbuot xizmati