"O'zkimyosanoat" AJ

Jizzax viloyatida kimyo sanoati korxonalari vakillari bilan amaliy muloqot tashkil etildi

// 04 June 2026 yil
https://pda.uzkimyosanoat.uz/oz/press/news/20260604-1

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining tadbirkorlar bilan oʻtkaziladigan VI ochiq muloqoti doirasida “Oʻzkimyosanoat” AJ rahbariyatining joylarda biznes vakillari bilan bevosita uchrashuvlari davom etmoqda. Ana shunday tadbirlardan biri Jizzax viloyatida kimyo sanoati sohasida faoliyat yuritayotgan korxona rahbarlari ishtirokida boʻlib oʻtdi.

Muloqot chogʻida ishlab chiqarish jarayonlarida uchrayotgan muammolar, sohani yanada rivojlantirishga qaratilgan takliflar hamda tadbirkorlarni qiziqtirayotgan masalalar muhokama qilindi. Bildirilgan murojaatlar atroflicha oʻrganilib, ularni hal etish boʻyicha tegishli chora-tadbirlar belgilab olindi.

Shuningdek, yangi investitsiya loyihalarini amalga oshirish, ishlab chiqarish quvvatlarini kengaytirish va tadbirkorlik faoliyatini qoʻllab-quvvatlash masalalari yuzasidan fikr almashildi.

Bu kabi uchrashuvlar davlat organlari va biznes hamjamiyati oʻrtasidagi hamkorlikni mustahkamlash, sohadagi dolzarb masalalarga yechim topish hamda tadbirkorlar uchun yanada qulay shart-sharoitlar yaratishga xizmat qilmoqda.