"O'zkimyosanoat" AJ

“Kimyogar” bolalar oromgohida yozgi mavsumga tayyorgarlik ishlari oʻrganildi

// 20 May 2026 yil
https://pda.uzkimyosanoat.uz/oz/press/news/20260520

2026-yilgi yozgi mavsumga tayyorgarlik ishlarini oʻrganish maqsadida “Kimyogar” bolalar oromgohida amalga oshirilayotgan ishlar koʻzdan kechirildi.

Oʻrganish jarayonida oromgohning yangi mavsumga tayyorgarlik holati, hududda olib borilayotgan obodonlashtirish ishlari, yotoqxonalar, oshxona, madaniy tadbirlar maydonlari hamda bolalar uchun yaratilayotgan shart-sharoitlar atroflicha oʻrganildi.

Shuningdek, oromgoh hududida oʻtkazilishi rejalashtirilgan “Kimyo sanoati yosh mutaxassislari forumi”ni yuqori tashkiliy saviyada tashkil etish masalalari muhokama qilindi. Forum ishtirokchilari uchun xavfsiz va zamonaviy muhit yaratish, yashash va ovqatlanish sharoitlarini yaxshilash, madaniy va maʼrifiy tadbirlarni samarali tashkil etish boʻyicha tayyorgarlik ishlariga alohida eʼtibor qaratildi.

Oʻrganish yakunida oromgoh infratuzilmasini yanada takomillashtirish, obodonlashtirish ishlarini jadallashtirish hamda forumni yuqori saviyada oʻtkazish yuzasidan tegishli vazifalar belgilandi.