"O'zkimyosanoat" AJ

2025-yilda global etilen ishlab chiqarish quvvati talabdan 22 million tonnaga oshadi

// 25 March 2025 yil
https://pda.uzkimyosanoat.uz/oz/press/news/2025-yilda-global-etilen-ishlab-chiqarish-quvvati-talabdan-2

2025-yilda dunyoda etilen ishlab chiqarish quvvati 74,2 million tonnaga yetishi mumkin. Yil davomida jarayon 11,4 million tonnaga oʻsishi kerak. 

Shu bilan birga, etilenga global talab 7 million tonnaga oʻsib, 52,6 million tonnagacha yetishi mumkin. Bloomberg oʻz hisobotida shunday taxminlarni keltirmoqda. 

Bloomberg hisob-kitoblariga koʻra, ortiqcha quvvat 17,2 dan 21,6 million tonnagacha oshadi. Yangi quvvatlarning aksariyati Xitoyda ishga tushiriladi.

Unga parallel ravishda eskirgan ishlab chiqarish korxonalari yopilmoqda. Eng koʻp korxonalar yopilishi Yevropada kuzatilmoqda. 2023 va 2024-yillarda Yevropa kimyo sanoati kengashi (Cefic) maʼlumotlariga koʻra, Yevropada 21 ta kimyoviy ishlab chiqarish obyektlari yopilishi eʼlon qilindi. 

Ulardan 26 foizi olefinlar segmentiga toʻgʻri keladi, shu jumladan etilen va propilenni krekinglash boʻyicha quvvatlar ham.

“Oʻzkimyosanoat” AJ Matbuot xizmati