"O'zkimyosanoat" AJ

2023-yil uchun ochiqlik indeksi natijalari eʼlon qilindi

// 01 April 2024 yil
https://pda.uzkimyosanoat.uz/oz/press/news/2023-yil-uchun-ochiqlik-indeksi-natijalari-e-lon-qilindi

Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi  tomonidan davlat idoralari oʻrtasida 2023-yil uchun ochiqlik indeksi natijalari eʼlon qilindi. 

Ikkinchi bor eʼlon qilinayotgan Indeksda jami 103 ta davlat idoralari va tashkilotlari faoliyati qamrab olinib, 84 ta baholash mezonidan tarkib topgan 8 ta indikator asosida shakllantirilgan. 

Indeks natijalariga koʻra, “Oʻzkimyosanoat” AJ 73 ball bilan “yashil” koʻrsatkichni qayd etgan. Jamiyatning ochiqlik boʻyicha 2022-yilgi natijalaridan +12,2 ballga oʻsish kuzatilgan. 

“Oʻzkimyosanoat” AJ Matbuot xizmati