"O'zkimyosanoat" AJ

2019 yilning yanvar-fevral oylarida “O'zkimyosanoat” AJ korxonalari faoliyati natijalari to'g'risida

// 07 March 2019 yil
https://pda.uzkimyosanoat.uz/oz/press/news/2019-yilning-yanvar-fevral-oylarida-uzkimyosanoat-azh-korhonalari-faoliyati-natizhalari-tugrisida

2019 yilning yanvar-fevral oylarida “O'zkimyosanoat” korxonalarida 1041,4 mlrd. so'mlik tovar mahsulot ishlab chiqarilib, o'sish sur'ati 125,7%ni tashkil qildi.

Sof holda 215,36 ming tonna mineral o'g'itlar, shu jumladan 161,75 ming tonna azotli, 23,6 ming tonna fosforli va 30 ming tonna kaliyli o'g'itlar ishlab chiqarildi.

Hisobot davrida birja savdolariga fizik holda 817,9 ming tonna mineral o'g'it chiqarildi va shundan 456,1 ming tonnasi sotildi.