
Davlat bayrog‘i O‘zbekiston Respublikasining 1991-yil 18-noyabrdagi 407-XII-sonli «O‘zbekiston Respublikasining Davlat bayrog‘i to‘g‘risida»gi Qonuni bilan tasdiqlangan.
O‘zbekiston Respublikasining Davlat bayrog‘i davlatimiz suverenitetining ramzidir. Davlat bayrog‘i xalqaro munosabatlarda O‘zbekiston Respublikasining timsoli bo‘ladi.
Bu kuni nafaqat bayrog‘imizning qabul qilinganini, balki milliy o‘zligimiz, yurtimiz tinchligi va erkin hayotimizning qadrini yana bir bor yurakdan his etamiz.
Davlat ramziga muhabbat — bu Vatanga bo‘lgan muhabbatdir. Uni ardoqlash, hurmat qilish va baland tutish — har birimiz uchun yuksak sharaf va mas’uliyat.
“Oʻzkimyosanoat” AJ Matbuot xizmati