"O'zkimyosanoat" AJ

Til haqida maqollar va hikmatli so’zlar to’plami

https://pda.uzkimyosanoat.uz/oz/manaviyat/tilimiz-boyligimiz/til-haqida

Yomon so‘z va achchiq til haqida maqollar

Donning achchig‘i yaxshi, So‘zning — shirini. Do‘st orttiraman desang, Shirin suhbat qil.
Yomon gap — bosh qozig‘i, Yaxshi gap — jon ozig‘i. Ovqatni tuz mazali qilar, Odamni — so‘z.
Iliq so‘z — shakar, Sovuq so‘z — zahar. Puling bo‘lmasa, bo‘lmasin, Shirin so‘zing bo‘lsin.
So‘zning boyligi — odamning chiroyligi. Shirin so‘z shakardan shirin.
Har kim o‘z till bilan tirik. Hikmat — bir hovuch oltin.
Bir tavakkal buzadi, Ming qayg‘uning qal’asin. Bir shirin so‘z bitkazar, Ming ko‘ngilning yarasin. Ko‘zdan ko‘zing toysa, So‘zdan ko‘ngling toyar.

Til haqida hikmatli so‘zlar

O‘zbek xalqining milliy maqollari juda ko‘p, ularning til va unga yaqin bo‘lgan mavzulardagi maqollaridan namunalar

Bir yaxshi gap esdan chiqmas, Bir — yomon gap. Birovning o‘zi g‘ar, Birovning so‘zi g‘ar.
Bug‘doy noning bo‘lmasin, Bug‘doy so‘zing bo‘lsin. Gapda g‘iybat yomon, Dardda — quyanchiq.
Gapdan gap chiqar, Cho‘pdan — xas. Gapi gapga o‘xshamas, Og‘zi gapdan bo‘shamas.
Gap egasini topar. Gapning yomoni pichir.
Gapning ozi yaxshi, Qizning — nozi. Gapning qisqasi yaxshi, Qisqasidan hissasi yaxshi.
Yomon gap yer tagida uch yil yotar. Yomon til yo jonga urar,
Odam — so‘zlashguncha, Yilqi — kishnashguncha. So‘z chumchuq emas, Og‘izdan chiqsa, tutib bo‘lmas.
Til bor, bol keltirar, Til bor, balo keltirar. Gapni gap ochar, Yomon gapdan qochar.
Yomonning tili bor, Yaxshining — dili. Yomonning yuzi qursin, Gapirgan so‘zi qursin.
Ko‘ngilsiz gapning kechikkani yaxshi. Yomon so‘zning qanoti bor.
Qo‘yning qimmati — yungida, Odamning qimmati — so‘zida. Yomonning yaxshi so‘zidan, Yaxshining yomon so‘zi yaxshi.
Dushman orttiraman desang, Chaqirtikan bo‘l. Yomon so‘z bo‘lmasa, Yaxshi so‘z bo‘lmaydi.
Yomon til boshga balo keltirar, Yaxshi til davlat, dunyo keltirar. Issiq kiyim tanni ilitar, Issiq so‘z jonni ilitar.
Dunyoni yel buzar, Odamni — so‘z. Ovni — oziq bilan, Odamni — so‘z bilan.

Yaxshi-yomon so‘z va gaplar haqida maqol

Til — dil jarchisi.

Til — aql bezagi.

Til — aql tarozisi.

Suydirgan ham til, Kuydirgan ham til. So‘z kaltada, Un xaltada.
Suyaksiz til suyak sindirar.  
So‘z ko‘rki — maqol. So‘z ojizi bo‘lguncha,
So‘z emgak bo‘lar, Bo‘z — ko‘ylak. So‘zda qanquv yomon, Dardda — sanchuv.
So‘zdan so‘zning farqi bor, O‘ttiz ikki narxi bor. So‘zdan so‘z chiqar, So‘zlamasang na chiqar.
So‘zlagandan so‘zlamagan yaxshiroq, So‘zlab edim, boshimga tegdi tayoq. So‘zning yomoni — sanchiq, Dardning yomoni — quyonchiq.
So‘zning onasi — quloq, Suvning onasi — buloq. Tayog‘i yo‘g‘on birni urar, So‘zi yo‘g‘on mingni urar.
Til — dil kaliti.  
So‘z oyoqdan ilgari borar. So‘zi nodurustning o‘zi nodurust.
So‘zni bir ezmadan so‘ra, Bir — kezmadan. Tanballik — kulfat, Mahmadanalik — ofat.
Taom lazzati o‘zida. Odam lazzati — so‘zida. Til yugurigi — boshga, Oyoq yugurigi — oshga.
Til yaxshisi bor etar, Til yomoni xor etar. Tilingda bo‘lsa boling, Kulib turar iqboling.
El bor yerda so‘z bor. Uzun til — umr zavoli.
Tilga ixtiyorsiz — elga e’tiborsiz. Tilga e’tibor — elga e’tibor.
Tig‘ jarohati bitar, Til jarohati bitmas. Tilni bog‘la dil bilan, Dilni bog‘la til bilan.
Tuzsiz oshning epi oson, Tuzsiz gapning epi qiyin. Uzun til — boshga to‘qmoq, Bo‘yinga — sirtmoq.
Chin so‘z — mo‘tabar, Yaxshi so‘z — muxtasar. Yaxshi gap bilan ilon inidan chiqar, Yomon gap bilan pichoq qinidan chiqar.
Toza suvni yer olar, Yaxshi so‘zni el olar. Shirin so‘z — qaymoqli ayron, Achchiq so‘z — bo‘yniga arqon.
Til tig‘i qilich tig‘idan o‘tkir. Fil ko‘tarmaganni til ko‘tarar.
Til — dil tarjimoni.  

Maqollar: til haqida

O‘z aqling aqldir, Elning aqli naqldir. Yaxshi gapga quloq sol, Yomon gapga uloq sol.
Yaxshi og‘izga — osh, Yomon og‘izga — tosh. Yaxshi so‘z bo‘ldiradi, Yomon so‘z kuydiradi.
Quloqdan kirgan sovuq so‘z Ko‘ngilga borib muz bo‘lar. Qizil tilim bo‘lmasa, qishlar edim elimda. Yashil tilim bo‘lmasa, yayrar edim elimda.
O‘tarchining nashtari yeng ichida, Zahar xotin nashtari til uchida. Qizil tilim tiyolmadim, Qizimnikiga borolmadim.