"O'zkimyosanoat" AJ

“O‘zkimyosanoat” aksiyadorlik jamiyati aksiyadorlarining navbatdan tashqari umumiy yigʻilishida qabul qilingan qarorlar bo‘yicha ovoz berish yakunlari (14.02.2025)

https://pda.uzkimyosanoat.uz/oz/corporate/disclosure/shareholder-meeting/o-zkimyosanoat-aksiyadorlik-jamiyati-14-02-2025

“O‘zkimyosanoat” aksiyadorlik jamiyati
aksiyadorlarining navbatdan tashqari umumiy yigʻilishida
qabul qilingan qarorlar bo‘yicha ovoz berish yakunlari

 

Yigʻilish oʻtkazilgan joy:

Toshkent shahri Navoiy koʻchasi, 38-uy.

Yigʻilish oʻtkazilgan sana:

14.02.2025-yil.

 

1. Sanoq komissiyasi aʼzolari soni 3 (uch) kishidan iborat quyidagi tarkibda tasdiqlansin:

J. Raximov – jamiyatning korporativ munosabatlar boshqarmasi boshlig‘i;

MXasanova – jamiyatning korporativ munosabatlar boshqarmasi bosh mutaxassisi;

D. Ziyodov – jamiyatning korporativ munosabatlar boshqarmasi yetakchi mutaxassisi.

Ovoz berish natijalari:

Tarafdor – 2 927 710 704 ovoz yoki 100 %,             Qarshi – yoʻq,            Betaraf – yoʻq.

2. Aksiyadorlarning umumiy yigʻilishi reglamenti quyidagi tartibda tasdiqlansin:

- asosiy masalalar boʻyicha maʼruzachilarning chiqishlari uchun – 10 daqiqagacha;

- qoʻshimcha nutq va munozaralar uchun – 5 daqiqagacha;

- ovozlarni hisoblash uchun tanaffus – 5 daqiqa.

Ovoz berish natijalari:

Tarafdor – 2 927 710 704 ovoz yoki 100 %,             Qarshi – yoʻq,            Betaraf – yoʻq.

3.1. Mustafayev Jaxongir Ibodullayevich “Oʻzkimyosanoat” AJ boshqaruvi raisining moliya-iqtisodiyot va transformatsiya masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari lavozimiga tayinlansin va u bilan qonunchilikda belgilangan tartibda mehnat shartnomasi uch yil muddatga tuzilsin.

3.2. Jamiyat nomidan boshqaruv raisining moliya-iqtisodiyot va transformatsiya masalalari bo‘yicha birinchi J. Mustafayev bilan mazkur bayonnoma qarorining 3.1-bandida nazarda tutilgan muddatga mehnat shartnomasini imzolash vakolati kuzatuv kengashi raisiga berilsin.

Ovoz berish natijalari:

Tarafdor – 2 927 710 704 ovoz yoki 100 %,             Qarshi – yoʻq,            Betaraf – yoʻq.