"O'zkimyosanoat" AJ

“Jizzax plastmassa” aksiyadorlik jamiyati aksiyadorlari diqqatiga

https://pda.uzkimyosanoat.uz/oz/corporate/announcement/jizzaxplastmassa

Hurmatli aksiyadorlar!

“Jizzax plastmassa” AJ ustav kapitalidagi har birining nominal qiymati 3 065 so‘m bo‘lgan, umumiy qiymati 13 045 424 640 so‘mlik, 85,83 foiz yoki 4 256 256 dona egasining nomi yozilgan hujjatsiz oddiy aksiyalari egasiga aylangan “O‘zkimyosanoat” AJ O‘zbekiston Respublikasi “Aksiyadorlik jamiyatlari va aksiyadorlarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida”gi Qonunining 40-moddasiga asosan “Jizzax plastmassa” AJning qolgan aksiyalar egalariga aksiyalarni bozor qiymati bo‘yicha sotib olish borasidagi taklifini ma’lum qiladi.

Aksiyadorlar o‘ziga tegishli aksiyalarini sotish to‘g‘risidagi yozma roziligini mazkur e’lon joylashtirilgan kundan e’tiboran o‘ttiz kun ichida “Jizzax plastmassa” AJning quyidagi manziliga yuborishlarini so‘raymiz.

Manzil: Jizzax viloyati, Jizzax shahri, Toshkent ko`chasi – 5 uy.

Elektron pochta manzili: jizplast@mail.ru, jiz.plast@exat.uz

Telefon: (+998) 72-223-26-69, 97-328-00-08.