"O'zkimyosanoat" AJ

Tarkibiy bo'linmalar

https://pda.uzkimyosanoat.uz/oz/company/department

«O'zkimyosanoat» AJning markaziy apparati (shuningdek, barcha tarkibiy bo'linmalari) quyidagi manzilda joylashgan: 100011, O'zbekiston Respublikasi Toshkent sh. Navoiy k., 38.

Tarmoqdagi korxona va tashkilotlar to‘g‘risidagi ma`lumotlarni mazkur saytning Korxona va tashkilotlar qismidan olishingiz mumkin.


Yigʻma axborot-tahlil departamenti

Bo‘linma rahbari: Soxibov Botir Gofurovich (+998781400180)

Boshqarma faoliyati Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Farmonlari, qaror va farmoyishlari, Vazirlar Mahkamasining qaror va farmoyishlari, Jamiyat boshqaruvi qarorlari, shuningdek, buyruqlari, koʻrsatmalari, farmoyishlari va yigʻilishlar qarorlarining ijrosini sifatli tashkil etish; Jamiyat ijro apparati va tarmoq korxonalarida direktiv hujjatlar ijrosini tashkil etish, ijro intizomi talablariga rioya etish, shuningdek, mavjud kamchiliklarni bartaraf qilish, muammoli masalalarni hal qilish va rejalashtirilgan natijalarga erishish masalalarini muvofiqlashtirishga qaratilgan.


Korporativ munosabatlar boshqarmasi

Bo‘linma rahbari: Raximov Jamoliddin Kamolitdinovich (+998781407498)

Boshqarma faoliyati Korporativ boshqaruv va qimmatli qog‘ozlar masalalari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti farmon va qarorlari, Vazirlar Mahkamasining qaror va farmoyishlari, Strategik islohotlar agentligi, Davlat aktivlarini boshqarish agentligi hamda Iqtisodiyot va moliya vazirligi Kapital bozorini rivojlantirish departamentining buyruq va ko‘rsatmalari, Jamiyatning boshqaruv organlari qarorlari, buyruq va topshiriqlari ijrosini ta’minlash.

Korporativ boshqaruv va qimmatli qog‘ozlar masalalari bilan bog‘liq ma’lumotlarni qonunchilikda belgilangan muddatlarda tegishli vazirlik va tashkilotlarga tayyorlab berilishini ta’minlash.

Jamiyat tomonidan emitent sifatida korporativ ma’lumotlar yagona portalida va boshqa ommaviy axborot vositalarida joylashtirilishi majburiy bo‘lgan ma’lumotlarni oshkor qilinishini ta’minlash.

Jamiyat Kuzatuv kengashi majlislarining o‘tkazilishini tashkil etish va majlis kun tartibini shakllantirish bo‘yicha tayyorgarlik ko‘rish.

Jamiyat aksiyadorlarining umumiy yig‘ilishlari o‘tkazilishiga tayyorgarlik ko‘rish va umumiy yig‘ilish bayonnomalari loyihalarini tayyorlashga qaratilgan


Korrupsiyaga qarshi kurashish va komplayens boshqarmasi

Bo‘linma rahbari: Mirtemirov Oybek Rustamovich (+998781400126)

Boshqarma faoliyati Jamiyat, uning tarmoq korxonalari va tashkilotlarida sohaga oid xalqaro standart talablariga javob beruvchi Korrupsiyaga qarshi “komplayens-nazorat” tuzilmasini joriy etish,  Jamiyatda korrupsion holatlarini barvaqt aniqlash, ularning sabablari va shart-sharoitlarini bartaraf etish, korrupsiyaga qarshi priventiv choralarni ko‘rish.  Jamiyat xodimlari orasida korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirish, ularning huquqiy ongini oshirish.  Jamiyatning korrupsiyaga qarshi kurashish sohasiga oid ichki idoraviy hujjatlarini ishlab chiqish va tasdiqlashga qaratilgan.


Xodimlar bilan ishlash boshqarmasi

Bo‘linma rahbari: Aripov Voxid Valiyevich (+998781407412)

Boshqarma faoliyati Sohaning kadrlar siyosati va strategiyasini ishlab chiqish; Soha korxonalarini rahbarlar, mutaxassislar, talab qilinadigan kasb egalari, mutaxassisliklar va malaka yo‘nalishlari bo‘yicha zarur kadrlar bilan ta’minlash bilan bog‘liq masalalarni muvofiqlashtirish;

Kadrlarni tanlash, joylashtirish va tayyorlash; xodimlarning ishbilarmonlik va axloqiy sifatlarini ularning amaliy faoliyati jarayonida o‘rganish;

Kadrlarni tayyorlash hamda malakasini oshirishning barcha turlarini tashkil etish va amalga oshirish; kadrlar hisobini yuritish; boshqarma faoliyati bilan bog‘liq masalalarda jamiyat xodimlarining huquqlari, imtiyozlari va kafolatlarini ta’minlashga qaratilgan


Yuridik boshqarma

Bo‘linma rahbari: Ibadullayev Timur Anvarovich (+998781407488)

Boshqarma faoliyati Jamiyatning huquqni qo‘llash faoliyatida qonun ustuvorligi va qonuniylikni ta’minlashni tashkil etish;

Jamiyat tomonidan ishlab chiqilayotgan (qabul qilinayotgan) normativ-huquqiy va boshqa hujjatlar loyihalarining qonunchilikka muvofiqligi ustidan nazoratni olib borish; Jamiyatning qonun ijodkorligi faoliyatida ishtirok etish, qonunchilikni takomillashtirish yuzasidan takliflarni tayyorlash masalalarida uning tuzilmalari ishini muvofiqlashtirish; Jamiyatning huquqiy madaniyati va huquqiy savodxonligini oshirish, ularga qabul qilinayotgan normativ-huquqiy hujjatlarning mazmun va ahamiyatini, shu jumladan, zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari orqali yetkazishda ishtirok etishga qaratilgan.


Matbuot xizmati

Bo‘linma rahbari: Eshbekov Rustambek Ravshonjon oʻgʻli (+998781407426)

Boshqarma faoliyati tashkilotning rasmiy veb-sayti, OAV, ijtimoiy tarmoqlar, shuningdek, boshqa axborot resurslari orqali, shu jumladan, matbuot anjumanlari, brifinglar, media-turlar tashkil etish yo‘li bilan aholiga muntazam, to‘ liq va tezkor ravishda axborot taqdim etib borish;

jamiyatning ijobiy imijini shakllantirish va ilgari surish, ijtimoiy so‘rovlar o‘tkazish va boshqa shakllarda jamoatchilik fikrini o‘rganish;

axborot siyosati sohasida zimmasiga yuklangan vazifalarni amalga oshirishda Agentlik bilan samarali amaliy hamkorlikni yo‘lga qo‘yishga qaratilgan.


Texnik jihatdan tartibga solish va ishlab chiqarishni muvofiqlashtirish departamenti

Bo‘linma rahbari: Ayxodjayev Rustam Ilyasovich  (+998781407463)

Boshqarma faoliyati sanoat korxonalarining barqaror ishlashini taʼminlash, mineral oʻgʻitlar va boshqa kimyoviy mahsulotlar ishlab chiqarish prognozining bajarilishini taʼminlashga qaratilgan ishlab chiqarish faoliyatini muvofiqlashtirish;

sohaga zamonaviy yuqori texnologik uskunalarni keng joriy etish, yuqori qoʻshimcha qiymat va kam energiya sarfi bilan talab qilinadigan yuqori sifatli kimyoviy mahsulotlar ishlab chiqarishni taʼminlash;

tarmoq korxonalarining barqaror ishlashiga, respublika qishloq xoʻjaligining eʼlon qilingan hajmlari boʻyicha mineral oʻgʻitlar va boshqa turdagi kimyoviy mahsulotlar ishlab chiqarishni taʼminlashga qaratilgan chora-tadbirlarni ishlab chiqish va amalga oshirish;

soha korxonalarida mineral oʻgʻitlar ishlab chiqarish dasturini tuzish va bajarilishini monitoring qilish ishlarini ishlab chiqish va muvofiqlashtirish;

korxonalarning ishlab chiqarish quvvatlaridan samarali foydalanish, korxonalarning barqaror va avariyasiz ishlashini taʼminlash uchun mavjud resurslardan oqilona foydalanish asosida kimyo sanoatini rivojlantirish strategiyasini ishlab chiqishda ishtirok etishga qaratilgan.


Mahalliylashtirish va sanoatda kooperatsiya aloqalarini kengaytirish boʻlimi

Bo‘linma rahbari: Salomov Abduxomid Ruziyevich (+998781407434)

Boshqarma faoliyati Respublika import hajmini va nomenklaturasini chuqur tahlil qilish asosida mavjud resurslarni hisobga olgan holda, kimyo sanoati mahsulotlarini mahalliylashtirishning amaldagi va istiqbolli dasturlarini shakllantirish;

Ilmiy izlanishlar natijalari va zamonaviy innovatsion texnologiyalarni mahalliy sanoat mahsulotlarini ishlab chiqarish jarayoniga tatbiq etish orqali sanoat kooperatsiyasi va mahalliy xomashyo asosida tayyor mahsulotlar, butlovchi buyumlar, materiallar ishlab chiqarishni mahalliylashtirish va iqtisodiyot tarmoqlarida kooperatsiya aloqalarini kengaytirish; Sanoat kooperatsiyasini kengaytirish va import o‘rnini bosuvchi mahsulotlarni ishlab chiqarish bo‘yicha chora-tadbirlarni amalga oshirish nuqtayi nazaridan kimyo sanoatini rivojlantirishning qisqa, o‘rta va uzoq muddatli (biznes-reja) dasturlarini ishlab chiqishda ishtirok etish; kimyo sanoatini rivojlantirish konsepsiyasiga muvofiq amalga oshiriladigan ilmiy-texnik tadqiqotlarning qisqa va uzoq muddatli dasturlarini ishlab chiqishda ishtirok etishga qaratilgan.


Iqtisodiyot va biznesni rejalashtirish departamenti

Bo‘linma rahbari: Abduraxmanova  Rano Abdul-Axatovna (+998781407418)

Boshqarma faoliyati jamiyat korxonalarining moliyaviy-xo‘jalik faoliyatini iqtisodiy tahlil qilish, Jamiyatning strategik maqsadlari asosida samaradorlikning baholash mezonlarini joriy etish, shuningdek, Jamiyat ijro apparatining tarkibiy bo‘linmalari bilan birgalikda tarmoq korxonalari faoliyati samaradorligini oshirish bo‘yicha takliflar kiritish;

Kompleks hisob-kitoblar, kutilayotgan iqtisodiy maqsadli natijalar bo‘yicha kimyo sanoatini rivojlantirish uchun qisqa muddatli (biznes-reja), o‘rta va uzoq muddatli dasturlarni ishlab chiqishda ishtirok etish; tarmoq korxonalari tomonidan ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarni, ishlab chiqarish xarajatlari va tannarx darajasiga ta’sir etuvchi omillarni asosli tahlil qilishga qaratilgan.


Moliya, gʻaznachilik operatsiyalari va xaridlar departamenti

Bo‘linma rahbari: Vakant

Boshqarma faoliyati - jamiyat tarkibiga kiruvchi xo'jalik yurituvchi sub'ektlarning moliyaviy faoliyatini tahlil qilish;

Jamiyat boshqaruviga taqdim etgan holda jamiyat tarkibiga kiruvchi xo‘jalik yurituvchi subyektlar faoliyatining oy, chorak va umuman yil yakunlari bo‘yicha moliyaviy ko‘rsatkichlarini to‘plash, tizimlashtirish, o‘rganish va tahlil qilish;

oʻz vakolat doirasiga kiruvchi masalalar boʻyicha maʼlumotlarni umumlashtirish va tahliliy qayta ishlash, Jamiyat boshqaruvi, boshqaruv organlari, shuningdek, vakolatli vazirlik va idoralar uchun tegishli maʼlumotnomalar, tahliliy materiallar va takliflar tayyorlash;

Jamiyat tarkibiga kiruvchi xo‘jalik yurituvchi subyektlarning moliyaviy natijalari, debitorlik va kreditorlik qarzlari, ularni to‘lash bo‘yicha ko‘rilayotgan chora-tadbirlar samaradorligini monitoring qilish; korxonalarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish prognozlarini, o‘rta va uzoq muddatli istiqbolga mo‘ljallangan jamlanma prognozlarni hamda yillik prognozlarni ishlab chiqish;

“Oʻzkimyosanoat” AJ tomonidan belgilab qoʻyilgan xaridlarning ochiq va shaffof oʻtkazilishi, tarmoq korxonalari tomonidan qonunchilik talablariga rioya etilishiga qaratilgan chora-tadbirlarni ishlab chiqishda;  

Jamiyat korxonalari va tashkilotlarini moliyaviy-iqtisodiy sog‘lomlashtirish dasturlarini (yo‘l xaritalari) ishlab chiqishga qaratilgan


Buxgalteriya va korporativ hisoboti boshqarmasi

Bo‘linma rahbari: Babayev Bobur Baxrullayevich (+998781407470)

Boshqarma faoliyati Jamiyatning moliyaviy-xo‘jalik faoliyatini to‘liq, uzluksiz, ishonchli moliyaviy, soliq va boshqaruv hisobini yuritish.

Buxgalteriya hisobvaraqlarida aktivlarning holati va harakati, mulkiy huquqlar va majburiyatlarning holati to‘g‘risida to‘liq va ishonchli ma’lumotlarni shakllantirish.

Kompaniyaning moliyaviy-xo‘jalik faoliyatining buxgalteriya, soliq va boshqaruv hisobotlarini shakllantirish va topshirishga qaratilgan


Investitsiya faoliyatini istiqbolli rivojlantirish departamenti

Bo‘linma rahbari: Kurbanov Akbar Djaxangirovich (+998781407416)

Kimyo tarmogʻi ishlab chiqarishini diversifikatsiya qilish, mineral oʻgʻitlar ishlab chiqarishni koʻpaytirishni koʻzda tutuvchi istiqbolli investitsiya loyihalarini shakllantirish va amalga oshirish;

Mahalliy mineral xomashyo resurslarini chuqur qayta ishlash orqali yangi turdagi kimyo va gaz-kimyo mahsulotlarini ishlab chiqarish, sohaga mahalliy va xorijiy toʻgʻridan-toʻgʻri investitsiyalarni jalb qilish;

Investorlar va loyiha tashkilotlari, texnologiyalar pudratchi-litsenziarlari bilan ikki tomonlama hamkorlikni yoʻlga qoʻyish maqsadida chora-tadbirlarni amalga oshirish;

Kimyoviy texnologik ilmiy-ishlab chiqarish klasterlari faoliyatini yoʻlga qoʻyish va muvofiqlashtirish;

Investitsiya dasturiga  kiritilgan kimyo sanoati korxonalarini texnik va texnologik jihatdan qayta jihozlashga qaratilgan investitsiya loyihalarini amalga oshirish tarmoq jadvallarini ishlab chiqish;

Investitsiya loyihalarini oʻz vaqtida va muvaffaqiyatli amalga oshirish maqsadida zarur chora-tadbirlar, “yoʻl xaritalari”, harakatlar rejasini ishlab chiqish, ularni yuqori turuvchi organlar bilan kelishish va tasdiqlatish.


Axborot texnologiyalari va axborot xavfsizligini rivojlantirish boshqarmasi

Bo‘linma rahbari: Axmedov Azizbek Muxammadiyevich (+998781407477)

Boshqarma faoliyati Jamiyatning axborot texnologiyalari, kommunikatsiyalari va axborot xavfsizligi sohasidagi ishlarni amalga oshirish, rivojlantirish, qoʻllab-quvvatlash va muvofiqlashtirishga qaratilgan.


Ichki savdoni muvofiqlashtirish bo‘limi

Bo‘linma rahbari: Abdullayev Gʻayrat Nosir oʻgʻli (+998781407430)

Boshqarma faoliyati Kimyo mahsulotlari, jumladan, qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini ishlab chiqaruvchilarga bozor mexanizmi va munosabatlarini keng joriy etish;

respublika ichidagi iste’molchilarning kimyo sanoati mahsulotlariga bo‘lgan ehtiyojini o‘rganish va shu asosda tarmoq korxonalarini rivojlantirish istiqbollarini belgilash; tarmoq korxonalari tomonidan ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarni ichki bozorda sotish ishlarini muvofiqlashtirish; kimyo sanoatini rivojlantirishning o`rta va uzoq muddatli dasturlarini ishlab chiqishda ishtirok etish, respublika qishloq xo‘jaligi tovar ishlab chiqaruvchilarining mineral o‘g‘itlar va boshqa turdagi kimyoviy mahsulotlarga bo‘lgan ehtiyojini ta’minlash va korxonalarni barqaror rivojlantirishga qaratilgan


Raqamli transformatsiya loyihalarini boshqarish blimi

Bo‘linma rahbari: Azimov Qobil Odilovich  (+998781400180)

Boshqarma faoliyati jamiyat amalga oshirilayotgan loyihalar bo‘yicha vakolat markazlarini yaratishda ishtirok etish, olingan bilimlarni uzatish;

korxonalar tomonidan har bir tashabbusli loyihalarni amalga oshirish imkoniyati va maqsadga muvofiqligini tahlil qilish;

loyiha portfelini rejalashtirish, shakllantirish va monitoring qilish;

korxonalarning tarkibiy bo‘linmalarida amalga oshirilayotgan loyiha tashabbuslarini hisobga olish, ro‘yxatga olish, tashkiliy ta’minlash, rejalashtirish, nazorat qilish va hisobot berishda uslubiy boshqarish va yordam berish;

Loyihaviy faoliyat bo‘yicha korxonalar va ularning tarkibiy bo‘linmalarida avtomatlashtirilgan axborot tizimini joriy etish, qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish;

loyihalarning yig‘ma hisobotlarini tuzish;

har bir loyiha guruhi va loyiha guruhlari uchun belgilangan ko‘rsatkichlarga erishish tahlili asosida korxona loyihalarini boshqarish samaradorligini nazorat qilish tizimini shakllantirish;

korxona kollegial organlarini har bir aniq loyiha tashabbusini, loyiha pasportini, loyihalarni amalga oshirish bo‘yicha chora-tadbirlar rejalarini ko‘rib chiqish uchun zarur bo‘lgan yagona hujjatlar paketlari bilan ta’minlashni tashkil etish;

loyiha ishtirokchilarini rag‘batlantirish tizimini joriy etish, qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish;


Maʼmuriy xoʻjalik boshqarmasi

Bo‘linma rahbari: Xoshimov Abror Norbutayevich (+998781407466)

Boshqarma faoliyati Jamiyatning ijro etuvchi apparati tarkibiy bo‘linmalari joylashgan binolar va binolami sanoat sanitariyasi, yong‘indan himoya qilish qoidalari, qoidalariga muvofiq texnik xizmat ko‘rsatishni, shuningdek, jihozlaming (liftlar, yoritgichlarning yaroqliligi ustidan nazoratni ta’minlaydi, isitish tizimlari, shamollatish va boshqalar) bir maromda ishlashini nazorat qilish.

Asosiy vositalarni (binolami, suv ta’minoti tizimlarini, havo kanallarini va boshqa inshootlami) joriy va kapital ta’mirlash rejalarini ishlab chiqadi, iqtisodiy xarajatlar smetasini tayyorlashda qatnashadi.

Binolami ta’mirlashni tashkil qiladi, ta’mirlash ishlarining sifatini nazorat qiladi.

Jamiyat boshqaruv apparati tarkibiy bo‘linmalarini mebel, kerakli jihozlar, muhandislik va boshqaruv mehnatini mexanizatsiyalash bilan ta’minlaydi, ularning xavfsizligi va o‘z vaqtida ta’mirlanishini nazorat qiladi.

Xizmatlar ko‘rsatish, ish yuritish materiallarini, zarur maishiy materiallar, asbob-uskunalar va inventarlarni qabul qilish hamda saqlash bo‘yicha shartnomalar tuzish uchun zarur hujjatlarni tayyorlashni tashkil qiladi, jamiyat departamenti, boshqarma va bo‘limlarni kerakli inventarlar bilan ta’minlash bo‘yicha ishlami tashkillashtiradi.

Hududni obodonlashtirish, ko‘kalamzorlashtirish va tozalash, bino fasadlarini, nazorat punktlarini bayramona bezash bo‘yicha ishlarni tashkillashtiradi.

Uchrashuvlar, konferensiyalar, seminarlar va boshqa tadbirlar uchun iqtisodiy xizmatlarni tashkil qiladi.

Yong‘inga qarshi kurashish tadbirlarning amalga oshiradi va yong‘inga qarshi vositalarning soz holatda bodishini ta’minlaydi.

o‘ziga yuklangan vazifalami bajarish uchun boshqarma quyidagi funksiyalarni bajaradi:

o‘z faoliyati doirasiga kiradigan masalalar bo‘yicha ma’lumotlami umumlashtirish va tahliliy qayta ishlash, Jamiyat boshqaruvi, boshqaruv organlari, shuningdek, vakolatli vazirlik va idoralar, Vazirlar Mahkamasi uchun tegishli ma’lumotnoma, tahliliy materiallar va takliflar tayyorlaydi