“Maxam-Chirchiq” AJ etender.uzex.uz saytida xizmat muddatini o‘tagan va bosim ostida ishlaydigan 138 dona idishlar — texnik vositalarini ekspertizadan o‘tkazish hamda xavfsiz foydalanish uchun ekspert xulosasi berish bo‘yicha tanlovni e’lon qiladi.
Yaxshilik chegara bilmaydi. Bemorning salomatligi va hayotini saqlab qolishga hissa qo‘shish esa savobli ish. Ana shunday xayrli tashabbusda “Navoiyazot”AJ xodimlari ham faol ishtirok etishadi. Qon va uning tarkibiy qismlariga hamisha ehtiyoj mavjud. Kutilmagan favqulodda holatlar, baxtsiz hodisalar natijasida jabr ko‘rgan yoki og‘ir xastalikdan aziyat chekayotgan fuqarolarni sog‘lom hayotga qaytarishda qon donorlarining saxovati suv va havodek zarur.
"Maxam-Chirchiq" AJda xotin-qizlarning kasblar va ixtisosliklarini chuqur o‘rganishga bo‘lgan qiziqishini qo‘llab-quvvatlash maqsadini ko‘zlagan “Eng faol innovator ayol” ko‘rik-tanlovi o‘tkazildi. Mazkur tanlov uchun jamiyat bo‘lim va sexlarida faoliyat yuritayotgan xotin-qizlarning korxona iqtisodiy samaradorligini oshiruvchi g‘oyalari taqdim qilindi.
Bugun “Dehqonobod kaliy zavodi” AJda xotin-qizlarni ilm-fanga keng jalb qilish, jamiyatning turli tarmoq va sohalarida ilmiy faoliyat bilan shug‘ullanayotgan xotin-qizlarning yangi g‘oya va ishlanmalarini har tomonlama qo‘llab-quvvatlash va rag‘batlantirish hamda iqtidorli, intiluvchan, faol va tashabbuskor xotin-qizlarni aniqlash maqsadida “Innovator ayol” ko‘rik-tanlovi o‘tkazildi.