“O`zkimyosanoat” АJ faollari tomonidan “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida manzarali daraxtlar ekildi

// 24 November 2021 yil Bosma ko'rinish Yuklab olish: pdf (1.07 MB)

“O`zkimyosanoat” aksiyadorlik jamiyati tomonidan “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida Toshkent shahridagi “MMFI” milliy tadqiqot yadro universiteti” federal davlat avtonom oliy taʼlim muassasasi hududida manzarali daraxt va ko`chat ekish tadbiri o`tkazildi.

“Yashil makon” umummilliy loyihasi O`zbekiston Resaublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoyev tomonidan eʼlon qilingan bo`lib, loyiha doirasida yiliga 200 mln tup daraxt va buta ko`chatlarini ekish va shu orqali shaharlardagi yashil maydonlarni amaldagi 8 foizdan 30 foizga oshirish reja qilingan.

Manzarali daraxt va ko`chat ekish tadbiri davomida jami 1000 ga yaqin mazarali daraxtlar, jumladan, pavloniya, katalpa, eman, chinor va archalar ekildi. Tadbirda “O`zkimyosanoat” АJ rahbar-xodimlari, Toshkent shahridagi “MMFI” milliy tadqiqot yadro universiteti” federal davlat avtonom oliy taʼlim muassasasi talaba-o`qituvchilari, XАEА ekspertlari hamda bir qator investitsiya loyihalar vakillari ishtirok etdi.

Tadbir mexmonlari ham ko`chat ekish jarayonida faol ishtirok etdi. Jumladan, XАEА ekspertlari Djon Xaddad va Yelena Jivitskayalar, “Ximgrad” АJ Bosh direktori А.Gizzatullin, o`rinbosari F.Gazizov hamda “UK Ideya kapital” OАJ Bosh diretori А.Grishinlar o`z ko`chatlarini ekdilar.

Shuningdek, “O`zkimyosanoat” АJ tizimidagi korxona va tashkilotlar tomonidan “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida manzarali ko`chat va daraxtlar ekish tadbirlari amalga oshirilmoqda.

“O`zkimyosanoat” АJ Matbuot xizmati