Xushxabar - “O‘zkimyosanoat” AJ mutaxassisi “Mo‘tabar ayol” ko‘krak nishoni bilan taqdirlandi

// 12 March 2024 yil Bosma ko'rinish Yuklab olish: pdf (15.08 MB)

“O‘zkimyosanoat” AJ Xodimlar bilan ishlash boshqarmasi bosh mutaxassisi Nigora Mamedova “Mo‘tabar ayol” ko‘krak nishoni bilan taqdirlandi. 

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasida Oila va xotin qizlar qo‘mitasi tomonidan 8-mart "Xalqaro Xotin-qizlar kuni" munosabati bilan “Mo‘tabar ayol” ko‘krak nishonlarini topshirish marosimi bo‘ldi.

 

Ancha yillardan buyon turli sohalarda faoliyat yuritayotgan va mamlakatimiz rivojiga hissa qo‘shib kelayotgan oqila, dono, jamoat ishlarida faol, qolaversa o‘z kasbining mohir ustasi bo‘lgan ayollar ushbu mukofot bilan taqdirlanishdi. 

Ahamiyatlisi, shunday yuksak e’tirof etilgan ayollar orasida “O‘zkimyosanoat” AJ Xodimlar bilan ishlash boshqarmasi bosh mutaxassisi Nigora Mamedova ham bor. 

“O‘zkimyosanoat” AJ jamoasi Nigora Mamedovani ushbu mukofot bilan qutlaydi va kelgusidagi ishlariga ulkan zafarlar, oilaviy farovonlik tilaydi.