Til – millat ruhi

// 22 October 2021 yil Bosma ko'rinish Yuklab olish: pdf (381.66 KB)

“O`zkimyosanoat” aksiyadorlik jamiyatida 21 oktabr – O`zbek tili bayrami kuni munosabati bilan “Til – millat ruhi” shiori ostida maʼnaviy-maʼrifiy tadbir tashkil etildi.

Tadbirda “O`zkimyosanoat” АJ markaziy apparati va tarmoq korxonalari xodimlari, O`zbekiston Yozuvchilar uyushmasi aʼzolari hamda Аlisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o`zbek tili va adabiyoti universiteti professor-o`qituvchilari ishtirok etdi.

Tadbir davomida so`zga chiqgan filologiya fanlari nomzodi, dotsent Nargiza Аhmedova 1989 yilning 21 oktabr kuni Vatanimizda davlat tilining huquqiy asoslarini belgilash bo`yicha “Davlat tili to`g`risida”gi Qonun qabul qilinib, unga ko`ra O`zbek tiliga - Davlat tili maqomi berilganligi, “O`zbek tili bayrami kunini belgilash to`g`risida” 2020 yil 10 aprelda qabul qilingan O`zbekiston Respublikasi Qonunining 1-moddasi bilan 21 oktabr sanasi O`zbek tili bayrami kuni etib belgilanganligini taʼkidlab o`tdi.

Shuningdek, tizim korxonalari tomonidan “Milliy tiklanishdan – milliy yuksalish sari” g`oyasi asosida mamlakatimizdagi yangilanish jarayonlari, amalga oshirilayotgan islohotlar, qabul qilinayotgan qonun hujjatlari, davlat dasturlari mazmun-mohiyatini targ`ib qilish orqali tizim xodimlarida tashabbuskorlik va daxldorlik hissini kuchaytirish, shuningdek, O`zbekiston Respublikasi “Davlat tili haqida”gi Qonuni ijrosini taʼminlash hamda O`zbek tili bayrami kuni bayramini keng nishonlash maqsadida maʼnaviy-maʼrifiy tadbirlar oʼtkazildi.

 

“O`zkimyosanoat” АJ Matbuot xizmati