“O‘zkimyosanoat” AJ “Sport nafislik va salomatlik manbai” shiori ostidagi gimnastrada sport musobaqasida ishtirok etdi

// 26 November 2021 yil Bosma ko'rinish Yuklab olish: pdf (1.3 MB)

“O‘zkimyosanoat” aksiyadorlik jamiyati O‘zbekiston Respublikasi Turizm va sport vazirligi tomonidan tashkil etilgan “Sport nafislik va salomatlik manbai” shiori ostidagi gimnastrada sport musobaqasida ishtirok etdi.

Sport musobaqasi O‘zbekiston Respublikasida, xususan, ayollar o‘rtasida ommaviy sportni rivojlantirish, sog‘lom oilani shakllantirish, xotin-qizlar sportini rivojlantirishga ko‘maklashish, aholi o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 30-oktabrdagi “Sog‘lom turmush tarzini keng tatbiq etish va ommaviy sportni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoni hamda Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 19-noyabrdagi “Aholining sog‘lom turınush tarzini qo‘llab-quvvatlash va jismoniy faolligini oshirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq tashkil etildi.

Musobaqa 2021-yil 15-20-noyabr kunlari Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridagi barcha turdagi korxona va tashkilotlar, tadbirkorlik sub’yektlarida faoliyat olib borayotgan xotin-qizlar o‘rtasida hamda 2021-yil 25-26-noyabr kunlari vazirlik va idoralarda faoliyat yuritayotgan xotin-qizlar o‘rtasida o‘tkazildi.

Musobaqa g‘olib va sovrindorlari I, II, III darajali diplomlar va medallar hamda esdalik sovg‘alar bilan taqdirlandi.

“O‘zkimyosanoat” AJ Matbuot xizmati