"Rahbar va yoshlar" uchrashuvi bo‘lib o‘tdi

// 14 February 2024 yil Bosma ko'rinish Yuklab olish: pdf (480.48 KB)

Bugun “Qo‘ng‘irot soda zavodi” MCHJ QKda  korxona yoshlarini qo‘llab-quvvatlash, ularning isteʼdod va tashabbuslarini ro‘yobga chiqarish, muammolariga yechim topish hamda yoshlarning taklif va loyihalarini ishlab chiqarishga tatbiq etishni tizimli yo‘lga qo‘yish maqsadida "Rahbar va yoshlar" uchrashuvi tashkil etildi.  

Uchrashuvda yoshlar uchun chet tillarini o‘rganish bo‘yicha qo‘shimcha o‘quv kurslarni joriy qilish, mustaqil ilmiy tadqiqot ishlari uchun keng imkoniyatlar yaratish, yoshlarni sportga bo‘lgan qiziqishlarini yanada rag‘batlantirish, “Besh tashabbus olimpiadasi” doirasida o‘tkaziladigan tanlov va musobaqalarga faol qatnashish, kitobxonlikni keng targ‘ib qilish hamda yoshlarning faol ishtirokini taʼminlash  kabi bir qator masalalar ilgari surildi.


 Uchrashuv davomida yosh xodimlarning taklif va mulohazalari tinglandi.

"Qo‘ng‘irot soda zavodi" MCHJ QK matbuot xizmati