Paxtani mineral o‘g‘it bilan qachon oziqlantirish lozim?

// 13 March 2024 yil Bosma ko'rinish Yuklab olish: pdf (218.63 KB)

Ma’lumki, o‘simlik ekiladigan har bir yerning o‘z ehtiyojlari bo‘ladi. Yerga qanday elementlar yetishmayotganini yilda bir marotaba bo‘lsada, tahlil qilish zarur. Paxta fosfor va kaliy bilan taqqoslaganda ikki barobar azot iste’mol qiladi. 

Agar tuproqdan tahlil olish imkoni bo‘lmasa, paxtaga azot, fosfor, kaliy (1:0,7:0,5) nisbatiga ko‘ra  berilishi optimal variant hisoblanadi. 

Paxtani ekishdan oldin fosfor va kaliy oʻgʻitlari beriladi. Azotli oʻgʻitlar esa, paxtaning vegetatsiya (shonalash) davrida berilishi maqsadga muvofiq. Azotli oʻgʻitlarining kech berilishi, paxtaning kech yetilib pishishiga olib keladi.

E’tibor bering: agar tuproqda fosfor yetishmasa, o‘simlik sekin rivojlanadi. Ildiz tizimi nimjonlashadi, barglarida esa qizil  tomirchalar paydo bo‘ladi. Kaliy yetishmasligida esa, o‘simlik barglarida jigarrang dog‘lar paydo bo‘ladi va berilgan azotli oʻgʻitni oʻsimlik toʻligʻicha oʻzlashtira olmaydi.