“O‘zkimyosanoat” AJ mutaxassisi Yaponiyada energetikada vodoroddan foydalanishga bag‘ishlangan treningida ishtirok etdi

// 13 February 2024 yil Bosma ko'rinish Yuklab olish: pdf (1.05 MB)

“O‘zkimyosanoat” AJ Investitsiya faoliyatini istiqbolli rivojlantirish departamenti bosh mutaxassisi Lobar Mirsaidova Yaponiyada energetikada vodoroddan foydalanishga bag‘ishlangan treningida ishtirok etdi.

Yokoxama shahrida Braziliya, Argentina, Urugvay, Chili, Kolumbiya, Ozarbayjon, Namibiya, Misr va O‘zbekiston davlat idoralari va kompaniyalari vakillari uchun malaka oshirish treningi o‘tkazildi. 

U energetikaning uglerod-neytral jamiyatga o‘tish davrida vodoroddan  foydalanishni rag‘batlantirish bo‘yicha siyosatni ishlab chiqish va ma’muriy ishlar bilan shug‘ullanadigan davlat idoralari vakillariga bag‘ishlangan.