“Maxam-Chirchiq” AJ faol xotin-qizlari ishtirokida seminar o'tkazildi

// 22 February 2024 yil Bosma ko'rinish Yuklab olish: pdf (502.61 KB)

11-fevral – “Ilm-fan sohasidagi ayollar va qizlar xalqaro kuni” munosabati bilan “Maxam-Chirchiq” AJ faol xotin-qizlari ishtirokida seminar o'tkazildi. 

Tadbirda Chirchiq davlat pedagogika universiteti pedagogika kafedrasi mudiri, pedagogika fanlari doktori, professor Gulnora Ernazarova hamda pedagogika fanlari falsafa doktori, dotsent Maftuna Islamova ishtirok etishdi. Davra suhbatida korxonada faoliyat yuritayotgan xotin-qizlarning ilmiy salohiyatini oshirish, respublika miqyosidagi tanlovlarda ishtirokini kengaytirishga qaratilgan takliflar o‘rtaga tashlandi. 

Shu bilan birga, korxonada gender tenglik masalalarida xotin-qizlarga e’tiborni kuchaytirish, “Kitobxon xodim” hamda "Zakovat" tanlovlarida ishtirok etishga qiziqishni oshirish, xotin-qizlarga nisbatan tazyiq va zo‘ravonliklarga qarshi kurash tizimida qilinishi kerak bo‘lgan ishlar rejasi kelishib olindi.

"Maxam-Chirchiq" AJ Matbuot xizmati