“KPMG” xalqaro konsalting kompaniyasi bilan hamkorlikda seminar oʻtkazildi

// 08 August 2022 yil Bosma ko'rinish Yuklab olish: pdf (994.38 KB)

“Oʻzkimyosanoat” AJ va tarmoq korxonalari rahbarlari, ularning iqtisod va moliya boʻyicha oʻrinbosarlari hamda bosh buxgalterlari uchun “KPMG” xalqaro konsalting kompaniyasi bilan hamkorlikda “Kompaniya maʼlumotlarini Moliyaviy hisobotning xalqaro standartlari (MHXS)ga muvofiq taqdim etish” mavzusida seminar oʻtkazildi.

Mazkur seminar “Oʻzkimyosanoat” AJ va tarmoq korxonalarining 2020-yil 31-dekabr holatiga konsolidatsiyalashgan moliyaviy hisobotining xalqaro katta toʻrtlikka (Big 4)  kiradigan «KPMG» xalqaro auditorlik tashkiloti tomonidan oʻtkazilayotgan auditi doirasida boʻlib oʻtdi.

Tadbirdan koʻzlangan asosiy maqsad Jamiyat va tarmoq korxonalari rahbarlari, ularning iqtisod va moliya boʻyicha oʻrinbosarlari hamda bosh buxgalterlarining MHXSga muvofiq tuzilgan moliyaviy hisobotlarni tushunish malakalarini shakllantirish hamda kompaniyalarning moliyaviy holati va moliyaviy natijalarini tahlil qilish koʻnikmalarini yanada oshirishdan iborat.

Yakunda ishtirokchilarga maxsus sertifikatlar topshirildi.

Maʼlumot oʻrnida aytib oʻtamiz, “KPMG” dunyodagi eng yirik professional xizmatlar tarmoqlaridan biri boʻlib, katta toʻrtlikka (Big 4) kiruvchi auditorlik kompaniyasi hisoblanadi. Xalqaro shtab-kvartirasi Amstelvenda joylashgan kompaniyada 219 000 dan ortiq xodim faoliyat yuritadi.

“Oʻzkimyosanoat” AJ Matbuot xizmati