Ekologiya va atrof- muhitni himoya qilish bo‘yicha mutaxassislari uchrashuvi bo‘lib o‘tdi

// 14 February 2024 yil Bosma ko'rinish Yuklab olish: pdf (22 MB)

 

“O‘zkimyosanoat” AJda barcha tarmoq korxonalarining ekologiya va atrof- muhitni himoya qilish bo‘yicha mutaxassislari uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. 

Uchrashuv O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 4-yanvardagi “Chiqindilarni boshqarish tizimini takomillashtirish va ularning ekologik vaziyatga salbiy ta’sirini kamaytirish to‘g‘risida”gi farmoni ijrosini ta’minlash maqsadida amaliy rejalar ishlab chiqish uchun tashkil etildi. 

Yig‘ilishda korxonalarning ekologik holatlari tahlil qilindi. Tarmoq korxonalarining faoliyatida hozirgi kunda dolzarb mavzu – atrof-muhit himoyasi va unga salbiy ta’sir etuvchi omillar – suv tashlanmalari, atmosferaga tashlamalar va chiqindilarni kamaytirishga qaratilgan o'z dasturiy rejalari tuzildi. 

Korxonalarning ekologik holatini yaxshilash uchun tavsiya va ko‘rsatmalar ko‘rib chiqildi.