"Dehqonobod kaliy zavodi"da "Rahbar va yoshlar" uchrashuvi bo‘lib o‘tdi

// 14 February 2024 yil Bosma ko'rinish Yuklab olish: pdf (468.33 KB)

Bugun boshqaruv raisi rahbarligida jamiyatda yoshlarni qo‘llab-quvvatlash, muammolariga yechim topish hamda takliflarni ishlab chiqarishga tatbiq etishni tizimli yo‘lga qo‘yish maqsadida "Rahbar va yoshlar" uchrashuvi tashkil etildi.

Uchrashuvda yoshlar uchun til o‘rganish bo‘yicha qo‘shimcha o‘quv kurslarni joriy qilish, seminar-treninglar tashkil etish, mustaqil ilmiy tadqiqot ishlari uchun keng imkoniyatlar yaratish, yoshlarni sportga bo‘lgan qiziqishlarini yanada rag‘batlantirish, sayohatlar uyushtirish va bu jarayonda yoshlarning faol ishtirokini ta’minlash hamda shu kabi bir qator masalalar ilgari surildi.
 Uchrashuv davomida yosh xodimlar o‘z taklif va mulohazalarini bildirdilar.

“Dehqonobod kaliy zavodi” AJ Matbuot xizmati