“Oʻzkimyosanoat” AJ tizimidagi “Chirchiq” kimyo-industrial texnoparkiga OAV vakillari uchun press-tur, matbuot anjumani va texnopark rezidentlari bilan ochiq muloqot tashkillashtirildi

// 29 September 2022 yil Bosma ko'rinish Yuklab olish: pdf (1.71 MB)

Bugun 29-sentabr kuni “Oʻzkimyosanoat” AJ tizimidagi “Chirchiq” kimyo-industrial texnoparkiga OAV vakillari uchun press-tur, matbuot anjumani va texnopark rezidentlari bilan ochiq muloqot tashkillashtirildi. Unda mamlakatimizning yetakchi OAV vakillari va texnopark rezidentlari ishtirok etishdi. Dastlab jurnalistlar uchun “Chirchiq” kimyo-industrial texnoparki direksiyasi direktori Jahongir Abdurahmanov va boshqaruv kompaniyasi bosh direktori Farit Gazizovlar tomonidan “Chirchiq” kimyo-industrial texnoparki barpo etilishi tarixi, hozirgi kundagi faoliyati, loyihalar va texnopark rezidentlari haqida taqdimot oʻtkazildi.

Shundan soʻng press-tur ishtirokchilari “Chirchiq” kimyo-industrial texnoparki hududi, ishga tushirilgan loyihalar va ishlab chiqarish maydonlari bilan tanishishdi.

Yakunda OAV vakillari uchun “Oʻzkimyosanoat” AJ boshqaruvi raisining axborot siyosati masalalari boʻyicha maslahatchisi — matbuot kotibi Rustambek Eshbekov, “Chirchiq” kimyo-industrial texnoparki direksiyasi direktori Jahongir Abdurahmanov va boshqaruv kompaniyasi bosh direktori Farit Gazizovlar ishtirokida matbuot anjumani va texnopark rezidentlari bilan ochiq muloqot oʻtkazildi.

“Oʻzkimyosanoat” AJ Matbuot xizmati