Bosh muhandislar konferensiyasi bo'lib o'tdi

// 23 April 2024 yil Bosma ko'rinish Yuklab olish: pdf (641.09 KB)

19-aprel kuni  “O‘zkimyosanoat” AJ tomonidan tasdiqlangan ““O’zkimyosanoat” AJ tarmoq korxonalarida konferensiyalar o‘tkazish to‘g‘risida” gi 5-son buyrug‘ining ijrosini ta’minlash maqsadida “Dehqonobod kaliy zavodi” AJda tarmoq korxonalarining bosh muhandislari ishtirokida navbatdagi konferensiya bo‘lib o‘tdi.

Tadbirni “O‘zkimyosanoat” AJ Texnik jihatdan tartibga solish va ishlab chiqarishni muvofiqlashtirish departamenti boshlig‘i Rustam Ayxodjaev va “Dehqonobod kaliy zavodi” AJ boshqaruv raisi v.b To‘lqin Zaripov kirish so‘zi bilan ochib berdi. Konferensiyada bosh muhandislar tomonidan ishlab chiqarish quvvatlaridan unumli foydalanish, ishlab chiqarish bo‘yicha muammolarni ko‘rib chiqish va ularni ijobiy hal etish kabi mavzularda taqdimot o‘tkazildi.

Bundan tashqari bosh muhandislar ekologiyaga doir masalalar, kichik hajmdagi yangi turdagi innovatsion mahsulotlar ishlab chiqarish samaradorligi hamda mahalliylashtirish orqali mahsulot tannarxini pasaytirish kabi bir qator muhim yo‘nalishlar bo‘yicha o‘zaro fikr va tajriba almashishdi.

Tashrif davomida mehmonlar “Dehqonobod kaliy zavodi” AJning qayta ishlash majmuasi va tog‘-kon majmuasi faoliyati bilan yaqindan tanishishdi hamda “Yashil makon” umumilliy loyihasi doirasida an’anaviy tarzda daraxt ko‘chatlari ekishdi.

“Dehqonobod kaliy zavodi” AJ Matbuot xizmati