Oʻzbekiston Respublika tovar-xom ashyo birjasidagi kimyo sanoat mahsulotlarining 27-mart sanasidagi savdo yakunlari

// 27 March 2024 yil Bosma ko'rinish Yuklab olish: pdf (529.4 KB)

“Oʻzkimyosanoat” aksiyadorlik jamiyati Oʻzbekiston Respublika tovar-xom ashyo birjasidagi oʻz savdo maydonchasi orqali tashkilot tizimidagi korxonalar tomonidan ishlab chiqarilayotgan kimyo mahsulotlari savdosining 2024-yil 27-mart sanasidagi yakuni boʻyicha maʻlumotlarni taqdim etadi.

Joriy yilning 27-mart kuni “Oʻzkimyosanoat” AJ tizimidagi korxonalar tomonidan Oʻzbekiston Respublika tovar-xom ashyo birjasi ochiq birja savdolari orqali jami 9 434,2 tonna 30 051,4 mln soʻmlik mineral oʻgʻitlar sotildi. Oʻtgan kuni bu koʻrsatkich yuqori boʻlgan, yaʻni 26-mart kuni 38 619,9 mln soʻmlik 12 121,1 tonna mineral oʻgʻitlar sotilgan.

Birja savdolariga tashkilot tizimidagi korxonalar tomonidan ishlab chiqarilayotgan ammiakli selitra, karbamid, sulfat ammoniy, ammofos, PS-Agro, kaliyli oʻgʻitlar, superfosfat azot-fosforli oʻgʻit kabi mahsulotlar qoʻyildi. Savdoga qoʻyilgan mineral oʻgʻitlardan ammiakli selitra eng koʻp sotilgan mahsulot boʻlib, sotuvning 63,9 foizini tashkil etdi.

Shuningdek, “Oʻzkimyosanoat” AJ tizimidagi korxonalar tomonidan mineral oʻgʻitlardan tashqari bugungi kun sanoatida keng qoʻllanilayotgan PVX, kaustik soda, formalin, natriy gipoxlorid, kalsinatsiyalangan soda, azot kislotasi va suyuq kislorod kabi bir qator kimyo mahsulotlarini ishlab chiqarish yoʻlga qoʻyilgan. Ular ham doimiy ravishda birja savdolariga qoʻyib boriladi.

27-mart kuni jami 2 920,2 mln soʻmlik boshqa turdagi kimyo mahsulotlar sotildi. Oʻtgan kuni bu koʻrsatkich yuqori boʻlgan, yaʻni 26-mart kuni 10 521,9 mln soʻmlik boshqa turdagi kimyo mahsulotlari sotilgan. Sotuvning asosiy qismini, yaʻni  20 foizini kaltsinatsiyalangan soda mahsuloti tashkil etdi.

Oʻzbekiston Respublika tovar-xom ashyo birjasidagi “Oʻzkimyosanoat” AJ savdo maydonchasi orqali tashkilot tizimidagi korxonalar tomonidan ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar savdosi boʻyicha barcha maʻlumotlarni www.uzkimyosanoat.uz rasmiy veb-sayti va ijtimoiy tarmoqlardagi https://t.me/uzkimyosanoat va https://www.facebook.com/uzkimyosanoat/ rasmiy sahifalari orqali olishingiz mumkin.

Mahsulotlarni yetkazib berish va ularning sifat darajasi boʻyicha taklif va eʻtirozlaringiz boʻlsa, (78) 140-74-48 ishonch telefon raqamiga murojaat qilishingiz mumkin.

“Oʻzkimyosanoat” AJ Matbuot xizmati