O‘zbekiston Respublika tovar-xom ashyo birjasidagi kimyo sanoat mahsulotlarining 14-sentabr sanasidagi savdo yakunlari

// 14 September 2021 yil Bosma ko'rinish Yuklab olish: pdf (46.53 KB)

“O‘zkimyosanoat” aksiyadorlik jamiyati O‘zbekiston Respublika tovar-xom ashyo birjasidagi o‘z savdo maydonchasi orqali tashkilot tizimidagi korxonalar tomonidan ishlab chiqarilayotgan kimyo mahsulotlari savdosining 2021-yil 14-sentabr sanasidagi yakuni bo‘yicha ma'lumotlarni taqdim etadi.

Joriy yilning 14-sentabr kuni “O‘zkimyosanoat” AJ tizimidagi korxonalar tomonidan O‘zbekiston Respublika tovar-xom ashyo birjasi ochiq birja savdolari orqali 5411 tonna 11477,5 mln. so‘mlik mineral o‘g‘itlar sotildi.  Bir kun oldin bu ko‘rsatkich yuqori bo‘lgan, ya'ni 13-sentabr kuni 13361,4 mln. so‘mlik 5559 tonna mineral o‘g‘itlar sotilgan.

Birja savdolariga tashkilot tizimidagi korxonalar tomonidan ishlab chiqarilayotgan ammiakli selitra, karbamid, sulfat ammoniy, ammofos, PS-Agro, kaliyli o‘g‘itlar, superfosfat azot-fosforli o‘g‘it kabi mahsulotlar qo‘yildi. Savdoga qo‘yilgan mineral o‘g‘itlardan karbamid eng ko‘p sotilgan mahsulot bo‘lib, sotuvning 43,6 foizini tashkil etdi.

Shuningdek, “O‘zkimyosanoat” AJ tizimidagi korxonalar tomonidan mineral o‘g‘itlardan tashqari bugungi kun sanoatida keng qo‘llanilayotgan PVX, kaustik soda, formalin, natriy gipoxlorid, kalsinasiyalangan soda, azot kislotasi va suyuq kislorod kabi bir qator kimyo mahsulotlarini ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yilgan. Ular ham doimiy ravishda birja savdolariga qo‘yib boriladi. 14-sentabr kuni jami 5597,7    mln. so‘mlik boshqa turdagi kimyo mahsulotlar sotildi. Bir kun oldin bu ko‘rsatkich yuqori bo‘lgan, ya'ni 13-sentabr kuni 7101,2 mln. so‘mlik boshqa turdagi kimyo mahsulotlari sotilgan. Sotuvning asosiy qismini, ya'ni 59,1 foizini PVX mahsuloti tashkil etdi.

O‘zbekiston Respublika tovar-xom ashyo birjasidagi “O‘zkimyosanoat” AJ savdo maydonchasi orqali tashkilot tizimidagi korxonalar tomonidan ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar savdosi bo‘yicha barcha ma'lumotlarni www.uzkimyosanoat.uz rasmiy veb-sayti va ijtimoiy tarmoqlardagi https://t.me/uzkimyosanoat va https://www.facebook.com/uzkimyosanoat/ rasmiy sahifalari orqali olishingiz mumkin.

Mahsulotlarni yetkazib berish va ularning sifat darajasi bo‘yicha taklif va e'tirozlaringiz bo‘lsa, (78) 140-74-48 ishonch telefon raqamiga murojaat qilishingiz mumkin.

“O‘zkimyosanoat” AJ Matbuot xizmati