Bilasizmi

// 22 February 2024 yil Bosma ko'rinish Yuklab olish: pdf (2.18 MB)

Ammiakli selitra - eng keng tarqalgan o‘g‘itlardan biri. Kristall tuzilishga ega, rangi oq. Kristallar atmosferadan namlikni tez va ko‘p tortishi sababli quruq joyda saqlanadi. 

Ammiakli selitra N – 34,4% (50/50 nitrat va ammoniy azot)ni o‘z ichiga olgan. Tarkibida azot moddasi ko‘pligi tufayli samarali o‘g‘it hisoblanadi. Azot esa har bir o‘simlik uchun eng muhim element sifatida zarur. Uning asosiy vazifasi - fotosintez, yashil massaning o‘sishi va rivojlanishini boshlab berish, ildiz va barglarni oziqlantirish. 

Ushbu o‘g‘it bundan tashqari, sabzavot va mevalarda inson organizmi uchun eng kerakli bo‘lgan modda - oqsil ishlab chiqarish vа uning miqdoriga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi. Hosil hajmiga ham ijobiy ta’sir qilib, mahsuldorlikni oshiradi.

Ammiakli selitra ko'pincha har yili bir xil hosil yetishtiriladigan tuproqlarda qo'llaniladi. Busiz hosildorlik kamayadi va mevaning patogen zamburug'lar tomonidan zararlanish xavfi ko'payadi. Selitra o'simlik immunitetini oshiradi va mikrosporalarning tarqalishini oldini oladi. O'g'itni o'simliklar to'liq va tez so'radi. Selitra ikki navda ishlab chiqarilib, "A" navi - sanoatda xom ashyo sifatida ishlatiladi, "B" navidan qishloq xo'jaligida foydalaniladi.