14-fevral Zahiriddin Muhammad Bobur tavallud topgan kun

// 14 February 2024 yil Bosma ko'rinish Yuklab olish: pdf (249.49 KB)

14-fevral – buyuk davlat arbobi, sarkarda, shoh va shoir Zahiriddin Muhammad Bobur tavallud topgan kun

Kim ko‘rubdur, ey ko‘ngul, ahli jahondin yaxshilig‘, 
Kimki, ondin yaxshi yo‘q, ko‘z tutma ondin yaxshilig‘.   

Gar zamonni nayf qilsam ayb qilma, ey rafiq, 
Ko‘rmadim hargiz, netoyin, bu zamondin yaxshilig‘!   

Dilrabolardin yomonliq keldi mahzun ko‘ngluma, 
Kelmadi jonimg'a hech oromi jondin yaxshilig'.   

Ey ko‘ngul, chun yaxshidin ko‘rdung yamonliq asru ko‘p, 
Emdi ko‘z tutmoq ne ma’ni har yamondin yaxshilig'?   

Bori elga yaxshilig' qilg'ilki, mundin yaxshi yo‘q 
Kim, degaylar dahr aro qoldi falondin yaxshilig!   

Yaxshilig' ahli jahonda istama Bobur kibi, 
Kim ko‘rubdur, ey ko‘ngul, ahli jahondin yaxshilig'?